Har oy qancha o‘quvchinijavobsiz qoldiryapsiz?
O‘quv markazlari uchun sayt va qabul tizimi quramiz. Ariza tungi soat 3 da ham qabul qilinadi, Telegramingizga tushadi va panelda hisobga olinadi — administratoringizning daftarida emas.
Tanish holat
Muammo o‘quvchi kam kelishida emas
Aksariyat markazlarda so‘rov yetarli. Ular qabul jarayonining ichida yo‘qoladi.
Kechqurun kelgan so‘rov ertalabgacha javobsiz
Ota-onalar ish kunidan keyin qidiradi. Direct va guruhga tushgan savol tongda ochilganda mijoz allaqachon boshqa markazga yozilgan bo‘ladi.
Lidlar daftar va bloknotda yo‘qoladi
Administrator qo‘lda yozadi, bir qismi tushib qoladi. “Kim qo‘ng‘iroq qilgan edi?” degan savolga aniq javob yo‘q.
To‘lov va qarzdorlik hisobi tarqoq
Kim to‘ladi, kim qarzdor, qaysi guruhda nechta o‘quvchi bor — hammasi turli Excel fayllar va xotirada.
Google‘da markazingiz ko‘rinmaydi
“Toshkentda IELTS kursi” deb qidirgan odam sizni topmaydi, chunki Instagram sahifasi Google natijalarida chiqmaydi.
Nima quramiz
Sayt emas — ishlaydigan qabul tizimi
Sotuvchi sayt
Kurslar, narxlar, o‘qituvchilar, natijalar va filiallar — ishonch uyg‘otadigan tuzilma. Telefonda native ilova kabi ishlaydi.
Qabul formasi + Telegram
O‘quvchi tungi soat 3 da ham ariza qoldiradi. Ma’lumot bir soniyada Telegram guruhingizga tushadi — hech biri yo‘qolmaydi.
Lidlar va talabalar paneli
Har bir ariza kartochka bo‘lib turadi: yangi, qo‘ng‘iroq qilindi, sinov darsi, yozildi. Guruh, davomat va to‘lov hisobi bitta joyda.
Google va Yandex‘da chiqish
Texnik SEO, tezlik, sahifa tuzilmasi va lokal belgilar sozlanadi. Markazingiz o‘z nomi va yo‘nalishi bo‘yicha topiladi.
Paketlar
Markazingiz hajmiga qarab
Narxlar aniq va yashirin to‘lovsiz. Aniq summa tanishuvdan keyin shartnomada belgilanadi.
Vizitka
Yangi yoki kichik markaz uchun ishonchli start.
Muddat: 5 ish kuni
- Bir sahifali premium landing
- Kurslar, narxlar, o‘qituvchilar bloki
- Qabul formasi → Telegram bildirishnoma
- To‘liq mobil adaptatsiya
- Google‘ga indeksatsiya (asosiy SEO)
- 1 oy texnik qo‘llab-quvvatlash
Markaz+
O‘sayotgan, bir nechta yo‘nalishli markazlar uchun.
Muddat: 2–3 hafta
- Ko‘p sahifali sayt (kurslar, blog, filiallar)
- Boshqaruv paneli — kurs va narxni o‘zingiz o‘zgartirasiz
- Lidlar CRM‘i: yangi → qo‘ng‘iroq → sinov darsi → yozildi
- Ikki tilli interfeys (Uz / Ru)
- To‘liq SEO va tezlik optimizatsiyasi
- Domen + hosting birinchi yil bizdan
- 3 oy qo‘llab-quvvatlash
Avtomatlashtirish
Filiallar tarmog‘i va to‘liq raqamli hisob uchun.
Muddat: 4–6 hafta
- Markaz+ tarkibidagi hamma narsa
- Talaba, guruh va davomat hisobi
- To‘lov va qarzdorlik nazorati, kvitansiya
- O‘qituvchi ish haqi hisob-kitobi
- Telegram bot: dars jadvali va to‘lov eslatmasi
- Rollar tizimi (rahbar / administrator / o‘qituvchi)
- 6 oy shaxsiy menejer va 24/7 monitoring
Qo‘llab-quvvatlash davri tugagach — oyiga 500 ming so‘m: hosting, zaxira nusxa, xavfsizlik yangilanishlari va kichik o‘zgartirishlar. Majburiy emas.
Keyslar
Ta’lim sohasida qilgan ishlarimiz
Hilal Edu
Yuqori yuklamalarga chidamli, ta’lim jarayonlarini raqamlashtiruvchi kompleks platforma. Katta oqimdagi o‘quvchilar bilan ishlash uchun qurilgan arxitektura.

Adizone Education
Ta’lim muassasalari zanjiri uchun ERP. Talabalar, guruhlar va to‘lovlar hisobi to‘liq avtomatlashtirilgan, Telegram bot bilan integratsiya qilingan.

Jarayon
Nima bo‘lishini oldindan bilasiz
Tanishuv
Markazingiz, yo‘nalishlar va hozirgi qabul jarayonini o‘rganamiz. 30 daqiqa, bepul.
Tuzilma va dizayn
Sahifa tuzilmasi va dizayn maketi. Tasdiqlagunizcha qayta ishlaymiz.
Dasturlash
Sayt va panel quriladi. Har hafta jarayon haqida xabar berib turamiz.
Ishga tushirish
Domen, hosting, SEO sozlamalari. Administratoringizni panelda ishlashga o‘rgatamiz.
Savol-javob
Ko‘p beriladigan savollar
Instagram — ijara maydon: algoritm o‘zgarsa yoki sahifa bloklansa, auditoriya bilan bog‘lanish yo‘qoladi. Sayt esa sizniki. Ustiga, “Toshkentda IELTS kursi” deb Google‘da qidirayotgan odam Instagram sahifangizga tushmaydi — u faqat saytlarni ko‘radi.
Markazingiznibepul tahlil qilamiz
30 daqiqalik suhbat: hozirgi qabul jarayoningizni ko‘ramiz, qayerda o‘quvchi yo‘qolayotganini aytamiz va qaysi paket mos kelishini asoslab beramiz. Hech narsaga majbur emassiz.
So‘rov qoldirish
15 daqiqa ichida aloqaga chiqamiz.